• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK mirishkorlari o‘tgan yilda yuqori hosildorlikka erishdi

04 Yanvar 2024, 9:2 411

Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi mirishkorlari tomonidan 2023-yilda bug‘doydan yuqori hosildorlikka erishildi.

Reja bo‘yicha 595 gektarga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 615,37 gektar yer maydoniga bug‘doy urug‘i ekildi. Prognoz 103,42% ga bajarilib, 3 194 tonna bug‘doy hosili yig‘ib olindi. Bunday yuqori hosil olinishi zamirida boshqarma mirishkorlarining ekinga o‘z vaqtida agrotexnik ishlov berishi, sug‘orish ishlarini sifatli bajarishi hamda sidqidildan mehnat qilishi kabi omillar yotibdi.

Yig‘ib olingan bug‘doy hosilining 1 800 tonnadan ziyodi kombinat Sut-tovar fermasidagi chorva mollariga ozuqa uchun, 300 tonnasi yangi yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan non sexi uchun mo‘ljallangan. Qolgan 1000 tonnadan ziyodi esa kombinat va Olmaliq shahri aholisi ehtiyojlari uchun zahiraga olib qo‘yildi. 

Bu kabi mo‘l hosil olishda jonbozlik ko‘rsatgan bir qator ishchi-xodimlarimiz qatorida 2-dala brigadasi brigadiri Farrux Rustamovni alohida ta'kidlash joiz. Farux Rustamov brigadasi boshqa brigadalarga qaraganda eng yuqori hosil to‘pladi. Hatto ba'zi yer maydonlaridan har gektaridan 8-10 tonnagacha hosil olishga erishdi.

Yilning issiq va sovuq kunlarida qilingan mashaqqatli mehnatlar natijasida olingan ushbu yuqori hosildorlik dehqonlar tilida aytganda rekord ko‘rsatgich hisoblandi.

“Mehnat qilgan elda aziz”, deganlaridek 2023-yil yakunida “Olmaliq KMK” AJda bo‘lib o‘tgan yil sarhisobi bayram tadbirida Farrux Rustamov kombinat rahbariyati tomonidan “Eng yuqori hosil olgan brigadir” nominatsiyasi g‘olibi sifatida e'tirof etilib, estalik sovg‘alari  bilan taqdirlandi.

Abduvohid Shodiyev,

IMIChB boshlig‘i o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech