Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 14-17 aprel kunlari Navoiy shahrida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda 96 nafar sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi Texnik sport klubi a'zolari ham murabbiy Andrey Sazonov boshchiligida ushbu chempionatda ishtirok etishib, samarali natijalarni qayd etishdi.
Jumladan, dvigatel hajmi 65 sm kub bo‘lgan motosikllar bahsida vakilimiz Nikita Kuznesov marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Shu yo‘nalishda Ilnur Umerbekov esa to‘rtinchi bo‘ldi. Dvigatel hajmi 125 sm kub bo‘lgan motosikllar bahsida o‘smirlar o‘rtasida Ilya Kudlayevga omad yetishmadi. Shu yo‘nalishda katta o‘rtasidagi bahsda Andrey Sazonov(kichigi) marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Emran Ablyazov esa uchinchi o‘rinni egalladi. ChZ klassidagi motosikllar poygasida esa Shevket Suleymanov raqiblariga imkon qoldirmadi.
Andrey va Emran 500 sm kubli dvigatelga ega motosikllar bahsida ham birinchi va uchinchi bo‘lishdi.
E'tiborlisi vakillarimiz, chempionatda umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Axborot xizmati