"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 20-24 fevral kunlari Termiz shahrida sportning motokross turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 12 jamoadan 100 nafardan oshiq sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
E'tiborlisi musobaqada murabbiy Andrey Sazonov boshchiligidagi OKMK motokrosschilari ham ishtirok etib, samarali natijalarni qayd etishdi.
Jumladan, dvigatel hajmi 65 sm kub bo‘lgan mototsikllar bahsida vakilimiz Danil Popov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.
Dvigatel hajmi 125 sm kub bo‘lgan mototsikllar poygasida esa Ilnur Umirbekov o‘smirlar o‘rtasida uchinchi o‘rinni egalladi. Shu yo‘nalishda erkaklar o‘rtasida Emran Ablyazov tengsiz deb topilgan bo‘lsa, Sergey Vinogradovga uchinchi o‘rin nasib etdi.
CHZ klassidagi mototsikllar bahsida Shevket Suleymanov marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Ilya Kudlayev esa marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Emran dvigatel hajmi 500 sm kub bo‘lgan mototsikllar bahsida ham ishtirok etib, bronza medaliga ega bo‘ldi.
Shu tariqa OKMK Texnik sport klubi motokrosschilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Axborot xizmati