"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 21-24 noyabr kunlari qo‘shni Tojikiston Respublikasida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross bo‘yicha ochiq xalqaro kubok musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro musobaqada murabbiy Andrey Sazonov boshchiligidagi OKMK motokrosschilari ham ishtirok etishib, salmoqli natijalarni qayd etishdi.
Bahslar 125 sm3 (o‘smirlar), 250 sm3, 500 sm3 hajm dvigatelli va ChZ klassidagi motosikllar o‘rtasida o‘tkazildi.
O‘smirlar o‘rtasida vakillarimizdan Ilnur Umerbekov faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Sergey Vinogradov, Andrey Sazonov kichigi, Shevket Suleymanovlar esa o‘z yo‘nalishlarida marraga birinchi bo‘lib yetib kelishdi.
Shu tariqa OKMK motokrosschilari Tojikiston ochiq xalqaro kubogi g‘olibiga aylanishdi.
Andrey Sazonov shogirdlari ushbu xalqaro musobaqada ikkinchi marotaba ishtirok etishdi. O‘tgan safar ham ular kubogni qo‘lga kiritishganini alohida ta'kidlash joiz.
Hozirda kombinat motokrosschilari 6-7 dekbar kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan mavsumning so‘nggi musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Axborot xizmati