• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK motokrosschilarining yutuqlari

23 Dekabr 2022, 13:12 674

Yil yakuniga sanoqli kunlar qoldi. Natijalarni hisobga olish vaqti keldi. 16-18 dekabr kunlari poytaxtimiza Toshkent shahrida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar“ tashkiloti tashabbusi bilan “Superkross” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning eng kuchli motopoygachilari qatorida OKMK Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi texnik sport klubi vakillari Toshkent viloyatining sha'nini himoya qilishdi.

Yil yakuni sarhisobiga aylangan Supermotokross musobaqasi natijalari haqida bizga Texnik sport klubi bosh murabbiyi Andrey Sazonov ma'lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, musobaqada jamoamiz ishtirokchilari yaxshi natijalarni qayd etishdi.

Ta'kidlash joizki, supermotokross oddiy motokrossdan tubdan farq qiladi. Ya'ni, poyga trassasi tor va qisqa bo‘lib, texnik jihatdan ancha murakkab. Chunki u to‘satdan burilish va sakrash kabi keskin va tez xatti-harakatlardan iborat. Raqibni quvib o‘tishda qiyinchilik tug‘diradi. Ammo shunga qaramasdan, bizning sportchilarimiz jismonan va taktik jihatdan ancha kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lganligi bois musobaqada munosib ishtirok etishdi. Kurash ancha jiddiy va keskin bahslarga boy bo‘ldi.

Texnik klubi murabbiyi Andrey Sazonovning ta'kidlashicha, musobaqa natijalariga ko‘ra, dvigatelining hajmi 125 kub sm bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Ilya Kudlayev 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Chz dvigatelli motosikllar bahsida Timur Dikanbayev 3, Shevket Sulaymanov esa birinchi o‘ringan sazovor bo‘ldi.

500 kub sm dvigatelli motosikllar poygasida kichik Andrey Sazonov birinchi o‘rinni, Emran Ablyazov 4-hamda Sergey Vinogradov 5-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Motokrosschilarimizning 2022-yilda qo‘lga kiritgan yutuqlarini sarhisob qilar ekanmiz, raqamlarga murojaat etamiz.

Jumladan,kombinat motokrosschilari O‘zbekiston kubogi bahslarida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni olishdi.

8 bosqichli O‘zbekiston chempionatida esa vakillarimizdan Nikita Kuznetsov(2-o‘rin), Ilnur Umerbekov(3-o‘rin), Ilya Kudlyayev(3-o‘rin), Emran Ablyazov(1-o‘rin), Andrey Sazonov (125 sm3 – 2-o‘rin), Sergey Vinogradov(3-o‘rin), Shevket Suleymanov(1-o‘rin), Temur Dikanbayev(3-o‘rin)lar samarali natijalar qayd etishdi.

Shuningdek, A.Sazonov 500 sm kubli motosikllar bahsida 1-o‘rinni, Emran Ablyazov 2-o‘rinni, Sergey Vinogradov esa 3-o‘rinni egallashdi.

A.Sazonov hisobida 24 karra O‘zbekiston chempionligi borligini ham alohida ta'kidlash joiz.

2022-yilgi motokros mavsumi tugadi!  Kombinat mtokrosschilarini tabriklab, ularga omad va yangi chiroyli g‘alabalar tilaymiz!

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech