"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimizda gandbol sport turini xalqaro standartlar asosida yana-da rivojlantirish, shuningdek, milliy trenerlar korpusining kasbiy salohiyati va amaliy ko‘nikmalarini yuksaltirish maqsadida Xalqaro gandbol federatsiyasi, Osiyo hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamkorligida Toshkent shahrida xalqaro toifadagi trenerlik sertifikatini berishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Mazkur nufuzli xalqaro o‘quv kursida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasida faoliyat yuritayotgan trener-murabbiylar ishtirok etdilar. Bu esa Markaziy Osiyo mintaqasida sport sohasidagi o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvini yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.
Seminar mashg‘ulotlari Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan yuqori malakali xalqaro ekspertlar — Bahrayn davlatidan doktor Nabel Taxa Huseyn Al-Shexab, Birlashgan Arab Amirliklaridan lektor Ibraxim Isa Muhamed Sabir Al-amiri hamda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Ikromov ishtirokida olib borildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy trenerlik yondashuvlari, xalqaro metodikalar, jismoniy va taktik tayyorgarlik, musobaqalarni boshqarish hamda sport psixologiyasiga oid muhim mavzular qamrab olindi.
Yakuniy imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga xalqaro namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
E’tiborli jihati ushbu seminarda gandbol bo‘yicha OKMK erkaklar jamoasining bosh murabbiysi Hasan Qayumov hamda jamoaning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha murabbiy o‘qituvchisi Jasur Abdullayev ishtirok etishib, “S” xalqaro toifadagi trenerlik sertifikatini qo‘lga kiritishdi.
Mazkur xalqaro o‘quv-amaliy seminar mamlakatimizda gandbol sport turini ommalashtirish, trenerlar salohiyatini yana-da yuksaltirish, xalqaro maydonda katta tajribaga ega mutaxassislar tayyorlash hamda O‘zbekistonning sport sohasidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Axborot xizmati