"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Davlatimiz rahbarining yurtimizda olib borayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarini oddiy insonlar hayotidagi aksi, jamoatchilik munosabati, bugungi globallashuv davrida aholi o‘rtasida ma'naviy, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni ta'minlash masalalari ma'naviy targ‘ibot ishlari natijasi bo‘lishi kerak.
Respublika ishchi guruhi "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodlarida bo‘lishdi. Tarkibiy bo‘linmalari ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlar, sanoat ishlab chiqarish, qurilish, kon-metallurgiya sohasida mehnat qila turib, bugungi davrga mos ravishda faol ijtimoiy, ma'naviy pozisiyasini ko‘rsata olgan kombinatning texnolog, muhandis, quruvchi mutaxassislarining faoliyati yuqori baholandi.
Axborot xizmati