Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshida O‘zbek-Koreys ilmiy texnologik markazi tashkil etilgan edi. Ushbu markaz bir necha yillardan buyon Koreya olimlari bilan hamkorlik qilib keladi. O‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bir guruh olim va mutaxassislari Koreya davlatiga tashrif buyurishgan.
O‘zaro ilmiy yondashuvlar asosida ular sanoat tajribasi bilan bir qator yangi turdagi mahsulotlar ustida tadqiqotlar olib borishmoqda.
Kuni kecha olimlar tomonidan KIRAM nodir metallar institutida vodorodni va energiyani tejash uchun yangi turdagi pech yordamida OKMK molibden oksidi tajribadan o‘tkazildi.
Yangi yarim sanoat pechidagi tajriba natijasida 99,95% metall molibden kukuni olindi. Vodorod va energiya tejaldi. Muhim jihati 3ta bosqichda qo‘llaniladigan texnologiya o‘rniga to‘g‘ridan to‘g‘ri bir bosqichli jarayon qo‘llanildi.
Kelajakda OKMKda yarim sanoat pech yaratish buyicha kelishib olindi.
KIRAMdagi elektronur pechida OKMK IIChBda ishlab chiqarilgan molibden eritilib 99,995% sof molibden olindi. Ushbu soflikdagi molibden yarim o‘tkazgich sanoatida qo‘llaniladi. Elektron mikrochiplarda molibden va volfram yupqa nano qatlamlar uchun 99,995% soflikdagi metall nishonlar ishlatiladi.
Yuqori sof nodir metallar Koreya yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi va materiallarni yetkazib berish bo‘yicha birlamchi murojaatlar kelib tushdi.
Kombinat mutaxassislari va olimlari tashrif davomida xalqaro ilmiy konferensiyada ham ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.
OKMK Axborot xizmati