• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda

28 Fevral 2022, 8:54 830

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarishda yuqori samadorlikka erishish maqsadida dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

O‘tgan haftada ham kombinat bir qator dunyoning yetakchi kompaniyalari vakillari tashrif buyurishdi.

Jumladan konchilik sanoatidagi energetika, avtomatizasiya, transport, aloqa va infratuzilmalar sohasida kompleks texnologiyalar yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lmish Germaniyaning «Becker Mining Systems» Kompaniyasi vakillari OKMKga tashrif buyurishdi.

Kombinat rahbariyati, mutaxssislari hamda ushbu kompaniya vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi muhokama etildi.

«Becker Mining Systems» kompaniyasi vakillari o‘z mahsulotlarini taqdimotini o‘tkazishdi. Shuningdek, videokonferens aloqa orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kompaniya mutaxassislari va kombinat rahbariyati o‘rtasida muloqot ham tashkil etildi.  Muloqot davomida Tog‘-kon metallurgiyasi uchun ishlab chiqilgan axborot tizimi, texnik jihozlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mavzusida muzokaralar olib borildi.

Bundan tashqari, kombinatga Fransiyaning «Schneider Electric» hamda Buyuk Britaniyaning «Aveva» kompaniyalari vakillari  ham tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar OKMKga ishlab chiqarish hamda ma'lumotlarni tahlil etish jarayonlarini avtomatizasiyalashga doir dasturiy yechimlarni taqdim etishdi.

«Schneider Electric» – konchilik va qayta ishlash sanoatida kompleks avtomatlashtirish va elektr ta'minoti loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega kompaniyadir. U dunyodagi eng yirik energiya taqsimlash uskunalari, avtomatlashtirish va dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Konchilik korxonasi uchun operativ ma'lumotlar infratuzilmasi, Konda aloqa, ishlab chiqarishni va ilg‘or jarayonlarni boshqarish tizimini  takomilashtirish, Kapital qurilishda loyihalash hamda xaridlar, logistika, qurilish loyihalarini boshqarish, ta'minot zanjirini rejalashtirish va optimallashtirishdan foyda, muhandislar va operatorlar uchun dinamik modellashtirish va o‘qitish usulari kabi mavzular muhokama qilindi.

Hamkorlik aloqalari mustahkamlansa, nufuzli kompaniyalar tajribasi o‘rganilsa, albatta bu kelajakda o‘z mahsulini berishi shubhasiz.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb-muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech