Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarishda balki ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlashda ham doimo faol bo‘lib kelgan.
Ayniqsa, viloyatimizning bir qator hududlaridan bunyod etilayotgan ijtimoiy ob'yektlarning qurilishiga ham homiliylik ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, OKMK Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Nurafshon shahrida foydalanishga topshirilgan “Nuroniylar maskani” binosining qurilishiga ham homiylik qildi.
Prezidentimizning 2022-yil 22-sentyabrda viloyatga tashrifi doirasida Toshkent viloyati “Nuroniylar va ma'naviyat maskani” majmuasini hamda Nurafshon shahrida viloyat “Nuroniylar maskani”ni bunyod etish topshirig‘i berilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosi ta'minlanib, joriy yilning 17-mart kuni maskanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur maskanda nuroniylarning hordiq olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan maskanda tashkil etilgan shaxmat, shashka, sport-sog‘lomlashtirish, tibbiyot xonalari, choyxona, boy kitob fondiga ega kutubxona keksalarimiz xizmatida bo‘ladi.
Mazkur maskan qurilishi uchun jami 3,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarf etildi. E'tiborlisi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ushbu maskan qurilishiga 2 mlrd so‘m mablag‘ homiylik yordami ko‘rsatildi.
OKMK Axborot xizmati