"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi natijasida kombinat mutaxassislari hamda olimlari tomonidan olamshumul kashfiyotlar qilinmoqda.
Kombinat olimlarining samarali mehnatlari dunyoda ham e'tirof etilayotgani barchamizga quvonch bag‘ishlaydi.
Koreya davlatida bo‘lib turgan kombinat olimlarining ishlanmalari xalqaro e'tirofga sazovor bo‘ldi.
Kombinat olimlarining «Ammoniy oktamolibdati» va «Nikel asosida superqotishma» ishlanmalari Koreya kukun metallurgiya va materiallar jamiyati tomonidan «Eng yaxshi ishlanma» mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Ushbu mukofot 17- Xalqaro yangi va nano materiallar simpoziumi doirasida (ISNNM-2022) OKMK jamoasiga taqdim etildi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston olimlari ilk marotaba ushbu mukofotni qo‘lga kiritishdi. Shu kungacha ushbu sovrinni faqatgina Koreya va Yevropa yetakchi ilmiy jamoalari olishgan.
Axborot xizmati