• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK olimpiya va paralimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlaydi

23 Noyabr 2022, 9:12 883

Sport nafaqat mamlakatni dunyoga tanitish, balki aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni tarbiyalashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizda ham mazkur sohani rivojlantirish, ayniqsa, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Dunyoda rangli metallurgiya sanoatida yetakchi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham aynan sport sohasiga alohida e'tibor qaratilib, iqtidorli sportchi yoshlar doimo qo‘llab-quvvatlanmoqda. Kombinat tasarrufidagi zamonaviy OKMK sport majmuasida bugun olmaliqlik yoshlarga ko‘plab sharoitlar muhayyo etilgan. Ushbu sport majmuasi bundan tashqari, ko‘plab xalqaro musobaqalarga ham mezbonlik qilib kelmoqda.

Shuningdek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bir necha yillardan buyon “Matonat futbol“ nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi, “Matonat“ nogiron-amputantlar futbol jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat, Basketbol, Voleybol, Regbi, stol tennisi, kurash, dzyudo Federatsiyalariga homiylik qilib keladi.

Bundan tashqari, yosh umidli va iqtidorli tennischi Munisa Ashurbekova hamda shaxmat ustasi Umida Omonovalar ham kombinat tomonidan muntazam qo‘llab-quvvatlanib kelinayapti.

Mazkur xayrli ishlar bardavomlik kasb etgan holda 2024-yil Parijda bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston sportchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida OKMK tomonidan 17,5 mlrd so‘mlik xomiylik xayriya yordami ko‘rsatilmoqda.

Mamlakatimiz sportchilarining jahon arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritishlarida albatta Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kamtarona ulushi bor desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech