Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘quv markazi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ ishchi-xodimlari, raxbarlar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 2023-yil avgust oyida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, avgust oyida 673 nafar ishchilarning malakasi oshirildi. Ulardan 258 nafari ishdan ajralgan holda malaka oshirishdi. 213 nafar ishchi-xodim kasb-hunarga qayta tayorlanib, ikkinchi mutaxassislikni o‘zlashtirishdi.
211 nafar muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirilib, qayta tayyorlandi. Ulardan 61 nafari ishdan ajralgan holda malaka oshirishdi.
Oliy o‘quv yurtlarida “Olmaliq KMK” AJ hisobidan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ham bir qator ishlar bajarildi.
Ma'lumki OKMK yurtimizdagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi. Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 206 nafarni tashkil etib, ulardan 28 nafari OTMlarning kunduzgi va 178 nafari sirtqi va kechki bo‘limlarida ta'lim oladi.
O‘quv markazi Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan ham samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bo‘lim tomonidan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumi kotibiyati rahbarining 2023-yil 7-avgustdagi RF 1029400-930-sonli murojaat xatiga asosan Yevroosiyo yoshlar akademiyasining 32 nafar talabalari uchun Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga ekskursiya tashkil etildi.
2023-yil 18-avgustdagi 02333-sonli farmoyishga asosan Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Toshkent davlat texnika universiteti bakalavriat bosqichiga suhbat asosida qabul qilish uchun tuzilgan imtihon komissiyasida 12 nafar malakali mutaxassislarning ishtiroki ta'minlandi.
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktorining 2023-yil 26-iyuldagi 01/9-14-484-sonli murojaat xatiga asosan “KONCHI INNOVATSIYA NAVOIY” nodavlat ta'lim muassasasining “Kran mashinisti” yo‘nalishidagi 12 nafar tinglovchilari kombinat tarkibiy korxonalarida amaliyot o‘tamoqda.
Tomsk shahridagi politexnika universitetining magistratura bosqichida ta'lim olish istagini bildirgan kombinatning 18 nafar xodimlari uchun sinov imtihonlari tashkillashtirildi:
Germaniyaning Frayberg tog‘-kon akademiyasining kon instituti magistratura va aspirantura bosqichida o‘qish istagini bildirgan 3 nafar nomzodlar, jumladan 2 nafar kombinat xodimlari va 1 nafar Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali bitiruvchisi uchun tushuntirish ishlari olib borildi.
Frayberg tog‘-kon akademiyasining kon instituti direktori professor Karsten Drebenshtedt tomonidan berilgan fakultetlar orasidagi hamkorlik qilish bo‘yicha takliflari Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktoriga taqdim etildi. O‘zaro hamkorlik loyiha masalalari bo‘yicha 2023-yil 5-sentyabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali rahbariyati va Frayberg tog‘-kon akademiyasining kon instituti direktori ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi.
Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Qalmoqqir kon boshqarmasi va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi o‘quv xonalarida MTTU “MISiS” Olmaliq filialining “Metallurgiya”, “Konchilik ishi” va “Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kafedralarining bo‘linmalarini tashkil etish uchun zarur jihozlarni olish to‘g‘risida Kombinat kengashida ko‘rib chiqish uchun xizmat xati tayyorlandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi murojaat xatining 4-ilovasi asosida kon-metallurgiya sanoati uchun oliy ta'limning yangi mutaxassisliklari va yo‘nalishlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar to‘plami tayyorlandi.
O‘quv markazi va kollejlar bilan hamkorlikda samarali ishlar amalga oshirib kelinayapti.
Xususan, “ENTER Enginering” korxonasining ishchi kasblariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib Olmaliq kon-metallurgiya kolleji hamda Olmaliq kasb-hunar maktabi va qisqa muddatli kurslar tinglovchilari bitiruvchilarini ishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanmoqda.
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida tashkil etilgan texnikumlar bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish komissiyasida kombinat mutaxassislari ishtiroki ta'minlandi.
Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida Olmaliq kon-metallurgiya kollejining 287 nafar o‘quvchilari amaliyot o‘tashdi.
Kollejda tashkil etilgan davlat attestatsion komissiyasida kombinat mutaxassislari ishtiroki ta'minlandi.
Olmaliq shahar hokimligi ro‘yxati asosida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yo‘llanmasiga ko‘ra, Piskent o‘quv markazi bilan hamkorlikda Kon-metallurgiya kollejida ishsiz yoshlar uchun “Elektrogazpayvandchi” va “Elektromontajchi” kasblari bo‘yicha 2 bosqich qisqa muddatli kurslar tinglovchilarining kombinat korxonalarida amaliyotlari yakunlandi va kasbiy amaliy imtihonlari o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kollejida dual ta'lim tamoyili asosida tahsil olayotgan 18 nafar o‘quvchilar kombinat tarkibiy bo‘linmalarida amaliyot o‘tashmoqda.
"Olmaliq KMK" AJ mutaxassislari tomonidan kollej o‘quvchilari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazildi .
Ishchi kasblarga qayta tayyorlash 3-bosqich kurslarining o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari uchun masofaviy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qator ishlar bajarib kelinayapti.
Jumladan, kombinat xodimlarining malakasini oshirish hamda kasbiy yo‘nalishidagi o‘quv kurslari uchun ajratilgan xarajatlarni kamaytirish va LMS ta'lim platformasi tizimiga o‘z vaqtida kontent tayyorlash va joylashtirish maqsadida 2023-yil iyul oyida 232 ta, avgust oyida 254 ta kasbiy o‘quv dasturlari va mavzulari asosida video kurslar tayyorlandi va LMS tizimiga joylashtirildi.
2023-yil 23-iyun kunidagi “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida LMS elektron ta'lim platformasini ishga tushirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan kombinatning xodimlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan o‘quv kurslari jadvaliga muvofiq 395 nafar xodimlar uchun masofaviy o‘quv kurslari olib borilmoqda.
Malakani baholash markazi tomonidan ham salmoqli ishlar bajarildi.
Xususan, 5 ta kasb standarti tayyorlandi va tarmoq kengashiga topshirildi.
"Konveyer mashinisti", "Qizdiruvchi", "Geologik ishlarda kon ishchisi", "Reagentlarni erituvchi", "Marksheyderlik ishlarida kon ishchisi", "Shixtalovchi", "Kuydiruvchi", "Lampachi", "Qurituvchi", "Ekskavator mashinisti" kasblari uchun baholash vositasi va baholash vositalarining amaliy ishlari ishlab chiqildi. Qalmoqqir KB ekspertlaridan "Geologik ishlarda kon ishchisi" va "Marksheyderlik ishlarida kon ishchisi" kasblari bo‘yicha baholash vositalariga xulosalar olindi.
10 ta kasb bo‘yicha baholash vositalari Tarmoq kengashida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun kengash raisiga kiritildi.
Soha mutaxassislari bilan birgalikda 9 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablari bo‘yicha malaka oshirish kursiga jalb qilingan tarkibiy bo‘linma o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining kasbiy bilim va malakalari sinovini o‘tkazishning sentyabr'oyi uchun jadvali ishlab chiqildi.
Doniyor Karimov,
O‘quv markazi boshlig‘i