• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK - raqamli transformatsiya sari

18 Fevral 2022, 15:32 891

Kecha MTTU MISiS Olmaliq filialida “OKMK – raqamli transformatsiya sari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Kombinat Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan motivatsion ruhdagi seminar-treningda OKMK boshqaruv raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov spiker sifatida ishtirok etdi.

- Bilasizlarmi, aziz yoshlar vaqtdan unumli foydalaning. Vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, - deydi Abdulla Azizov. - O‘qishdan, o‘rganishdan charchamang. IT sohasida muvaffaqiyat qozonganlar ham sizu bizga o‘xshagan yoshlar. Dunyoning yetakchi kompaniyalarining tajribasini o‘rganish kerak. Maqsadga erishish uchun izlanishdan to‘xtamang. Mashaqqatli mehnatingizning shirin mevasini albatta kun kelib ko‘rasiz.

Spiker tomonidan tadbir davomida dunyoning yetakchi kompaniyalarining rivojlanish tarixi, har qanday kompaniyaning taraqqiy etishida raqamlashtirishning roli haqida taqdimot o‘tkazildi.

Spiker yaqin kelajakda kombinatda IT markazi tashkil etilishi  rejalashtirilayotganligini ham ma'lum qildi.

Bundan tashqari, spiker o‘zining tajribasi, hayoti, Daniya davlatida ishlagan korxonalari haqida yoshlarga so‘zlab berdi.

Seminar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga spiker batafsil ma'lumot berdi.

Yaxshi savol yo‘llagan uch nafar yoshlarga spiker tomonidan esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

Oliygoh talabalari va kombinat yoshlari seminarda o‘zlari uchun motivatsiya olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech