Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 15-yanvar kuni Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi madaniyat markazida “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining 11- va kengash Rayosatining 18-majlislari bo‘lib o‘tdi.
2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan tadbirda Kengash va Rayosat a’zolari, boshlang‘ich tashkilotlar rahbarlari, komissiya raislari va boshqa faollar ishtirok etishdi.
Majlislarda 2024-yil davomida kasaba uyushma faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ishchi-xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida qabul qilingan me'yoriy-normativ hujjatlar, kasaba uyushma a'zolarining manfaati yo‘lida amalga oshirilgan ijtimoiy yordam dasturlari shuningdek, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish orqali kombinat mehnatkashlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni jismoniy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tilga olindi.
Majlis yakunida 2025-yil uchun aniq reja va vazifalar belgilab olindi. Ishtirokchilar tomonidan kasaba uyushmalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xodimlar bilan muloqotni mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tadbir o‘zaro fikr almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilib va kelgusidagi faoliyatni rejalashtirish uchun samarali platforma vazifasini o‘tadi.
Ma'lumot uchun: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi o‘z faoliyatini kombinatga asos solingan kundan boshlab yuritib kelmoqda. Tashkilotning rahbar organi — kasaba uyushmasi qo‘mitasi 2011-yil 29-noyabrda kasaba uyushmasi kengashiga aylantirilgandan so‘ng, 2012-yil 30-dekabrda o‘z Ustavini qabul qildi va tarmoq respublika kengashi maqomi darajasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasiga a'zo bo‘ldi va bugungi kunga kelib 39 ta boshlang‘ich tashkilotlari hamda 48 mingdan ziyod kasaba uyushma a'zolari mavjud. Mazkur tashkilot faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi mehnatkashlarning ijtimoiy va huquqiy himoyasida muhim o‘rin tutadi.
Umida Djalilova,
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
tashkiliy masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxasissi