• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK shaxmatni qo‘llab-quvvatlaydi

12 May 2022, 10:26 1211

Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, OKMK tomonidan shaxmat federatsiyasi qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Kuni kecha Gretsiyaning Rodos shahrida yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida rapid va blits yo‘nalishlarida Umida Omonova 2 ta oltin va Humoyun Bekmuratov esa 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritishgani barchamizni quvontirdi.

Ayni paytda poytaxtimizda birinchi grossmeyster, hamshahrimiz Georgiy A'zamovning xotirasiga bag‘ishlangan “Tashkent Open 2022” XV xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 3 mayida start olgan turnir bugun o‘z yakuniga yetadi. Musobaqada 14 davlatdan 200 dan ortiq shaxmatchi ishtirok etdi. Turnir shveytsarcha tizimi bo‘yicha 10 turda o‘tkazildi.

Mazkur turnirning homiysi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hisoblanib, ushbu turnirda OKMK shaxmat klubidan ham 4 nafar hamshahrimiz murabbiy Foziljon Soliyev boshchiligida ishtirok etishdi.

Olingan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, vakillarimizdan Shohruh Hamidullayev va Vyacheslav A'zamov yaxshi natijalar qayd etishgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech