Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332018-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida o‘z faoliyatini boshlagan Sherobod sement zavodida ikkilamchi chiqindi issiqlik gazidan elektr energiyasi olinishi yo‘lga qo‘yildi.
Yillik ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 mln tonnani tashkil etadigan mazkur zavoddagi ushbu yangilik 2021-yilning dekabr oyining boshida amalga oshirilgan edi. Qish mavsumida gaz bosimining pastligi bois zavoddagi elektr energiya ishlab chiqaruvchi energoblok to‘la quvvat bilan ishlay olmadi. Markaziy Osiyodagi sement zavodlari orasida faqat Sherobod sement zavodi mavjud bo‘lgan ushbu energoblokning bir tomoni dekabr' oyida ishga tushirilgan edi. Kuni kecha esa ushbu energoblokning ikkinchi tomoni ishga tushirildi.
- Gaz bosimining yuqori bo‘lishi bilan mazkur energoblok to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydi. Natijada soatiga 6 ming kilovat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Zavod ayni paytda Markaziy Surxon-500 podstansiyasidan soatiga 20-25 ming kilovatt elektr energiyasini oladi. Yangi energoblok ishga tushishi bilan bu tashqaridan olinadigan elektr energiyasi miqdori 14-19 ming kilovatgacha kamayishiga olib keladi.Bundan ko‘rinib turibdiki, natijada iste'mol qilinadigan elektr energiyasi 30% foizgacha tejaladi. Bu o‘z-o‘zidan sement zavodida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilishiga sabab bo‘ladi. Sutkasiga hisoblaydigan bo‘lsak elektr energiya hisobidan 60 mln so‘mdan oshiq mablag‘ tejash imkonini beradi, deydi biz bilan suhbatda zavod bosh energetigi Temur Xolnazarov. - Ishlab chiqarilayotgan sementning tannarxi ham kamayadi. Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi doimiy mijozlarga ham arzon narxda mahsulot yetkazib beriladi.
Mazkur energoblok ob'ektining bo‘yi 50 m va eni 32 metrli uch qavatli binoda joylashgan asosiy uskunalar hamda tashqarida aylanuvchi pech atrofida joylashgan 2 ta qozonlardan tashkil topgan. Binoda ixcham holda zamonaviy texnologilar asosida suvni kimyoviy tozalash va bunda suvning yuqori tejamkorligida ishlovchi qayta foydalanish yopiq suv tizimi mavjud.
Sherobod sement zavodi zamonaviy va ilg‘or texnik, fan yutuqlarini o‘zida jamlagan bo‘lib, mavjud zamonaviy, Yevropa standartlariga mos bo‘lgan texnologik uskunalar atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni ta'minlaydi.
Sherzod Tilovberdiyev,
veb muharrir