"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida “OKMK spartakiadasi-2025” sport musobaqasi qizg‘in pallaga kirmoqda.
Joriy yilning 21-22 iyun kunlari musobaqa doirasida badminton bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.
21-iyun kuni ikkinchi guruh jamoalari o‘rtasida tashkil etilgan bahslarda Avtomobil transport boshqarmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Markaziy apparat jamoasi esa faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ohak zavodi jamoasi uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
22-iyun kuni birinchi guruh jamoalari g‘oliblarni aniqlab olishdi.
Ushbu guruhda kuchli uchlikdan Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Mis eritish zavodi jamoalari joy olishdi.
Bahriddin Usvaliyev,
TTB yoshlar ittifoqi raisi