• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK sport majmuasi nufuzli Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi

26 Sentyabr 2022, 15:39 1173

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida diqqatga molik ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, kombinat ko‘magida OKMK sport majmuasida har yili muntazam ravishda turli xil sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalar tashkil etilayapti.

Joriy yilning 22-25 sentyabr kunlari OKMK sport majmuasida “Usmanov Kombat Sistem” sport turi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Mazkur nufuzli musobaqada Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda Afg‘oniston kabi davlatlari qatori yurtimiz sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

500 nafar sport ishtirok etgan musobaqada umumjamoa hisobida mamlakatimiz sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi o‘rinni Tojikiston terma jamoasi, uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston terma jamoasi egalladi.

Mamlakatimiz terma jamoasi safida Toshkent viloyati, Qashqadaryo viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportchilari samarali natijalar qayd etishdi.

Musobaqani tashkillashtirilishida hamda yuqori saviyada o‘tkazilishida amaliy ko‘mak bergan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga “Usmanov Kombat Sistem” butunjahon asosiatsiyasi vitse prezidenti Zamirbek Qosimbekov o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ushbu sport turida 11ta musobaqa yo‘nalishi mavjud bo‘lib, bular ko‘rgazmali chiqish, lay kontakt, ful kontakt A, ful kontakt B, Nokdaun A, Nokdaun B, Kombat kurash, pichoq jangi,  Chambara kalta qilich, Chambara uzun qilich, Muayaboran.

Yurtimizda ushbu sport turi bilan yurtdoshlarimz 2020 yilning 17 sentyabridan buyon shug‘ullanib kelishmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech