Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK boshqaruvi raisining 2022 yil 31 avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan Texnologik transport boshqarmasida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan muhokama OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, mas'ul rahbarlar va ishchi-xodimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi-guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar muhokama etildi. Ularning ko‘pchiligi o‘rganish mobaynida barataraf etilgani qayd etildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlarning fikr va mulohazalari, takliflari va e'tirozlari uchun maxsus Murojaat qutilarini joylarda ko‘paytirish va harakatlantirish hamda korxona buyrug‘i asosida ushbu murojaat qutilarini komission ravishda tizimli ravishda haftada 1 marotaba ochib o‘rganish ishlarini tashkil qilish lozimligi haqida taklif bildirildi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Tasdiqlangan rejaga asosan, ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit hamda yoshlar masalalari bo‘yicha navbatdagi o‘rganish Avtomobil transporti boshqarmasida ham o‘tkazildi.
Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz. Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.
Axborot xizmati