• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK tarkibiy bo‘linmalarida bayram tadbirlari

20 May 2024, 10:37 493

O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida bayram tantanalari o‘tkazildi.

Chodak kon boshqarmasi

Jumladan, Namangan viloyatida joylashgan Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham ayyomni yuqori kayfiyatda, to‘kin dasturxon atrofida kutib olishdi. Bizga bu haqda Chodak KB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Mo‘minjon Madazimov xabar bermoqda.

Bayram munosabati bilan bir guruh faol ishchi-xodimlar rag‘batlantirildi. Jumladan, 1 nafar ishchi-xodimga III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, 8 nafar ishchi-xodimga Faxriy Yorliq, 16 nafariga esa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Shuningdek, 34 nafar ishchi-xodim “Mehnat faxriy”si unvoni bilan taqdirlandi.

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi

Chirchiq shahrida joylashgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi ham bayramni yuqori mehnat zafarlari bilan kutib olishdi.

Bayram tadbirida birlashmaning 1 nafar ishchisi III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan, 2 nafar Faxriy Yorliq bilan, 1 nafari esa qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, 5 nafar ishchi-xodim “Mehnat faxriysi” unvoniga sazovor bo‘lishdi.

Birlashmaning Ingichka boyitish fabrikasi mehnat jamoasi ham katta tantanalar bilan bayramni nishonlashdi. Tadbirda turli xil sport musobaqalari tashkil etildi.

Ohak zavodi

Kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi yordamchi korxonalardan biri bo‘lgan Ohak zavodida ham bayram keng nishonlandi. Zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiya raisi Sardor Mamatqulovning ma'lum qilishicha, bayram munosabati bilan bayram dasturxoni yozilib, tadbirda 7 nafar ishchi-xodimga “Mehnat faxriysi” unvoni berilgan.

Shuningdek, 1 nafar ishchi Faxriy Yorliq va 1 nafar ishchi qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Uchquloch koni

Jizzax viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan Uchquloch koni mehnat jamoasi ham konchi-metallurglar kunini bayramona kayfiyatda kutib olishdi. Kon kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Shavkat Parmanovning xabar berishicha, bayram munosabati bilan to‘kin dasturxon yozilib, 1 nafar ishchi mehnat faxriysi unvoni bilan,1 nafari esa qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlangan.

Issiqlik elektr markazi

Nafaqat kombinat faoliyatida balki Olmaliq shahri aholisi uchun ham muhim ahamiyat kasb etuvchi Issiqlik elektr markazida ham bayram tantanalari keng nishonlandi. Markaz kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sarvar Kalamxodjayevning ma'lumotiga ko‘ra, 6 nafar ishchi-xodimga mehnat faxriysi unvoni taqdim etilgan. 1 nafari faxriy yorliq va 1 nafari qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlangan. Kasaba uyushmasi tomonidan esa 3 nafar ishchi xodimga, korxona tomonidan 20 nafariga esdalik sovg‘alari hadya etilgan.

Avtomobil transport boshqarmasi

Avtomobil transport boshqarmasi mehnat jamoasida ham bayram munosabati bilan erta tongdan osh damlandi. Korxona yoshlar ittifoqi raisi Azamat Abdujabborovning ma'lumotiga ko‘ra, to‘kin dasturxon atrofida bayramni nishonlagan transport sohasi vakillaridan 24 nafari mehnat faxriysi unvoniga sazovor bo‘ldi. 1 nafari esa III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan, 2 nafari qimmatbaho sovg‘a va Faxriy Yorliq bilan taqdirlandi.

Mis eritish zavodi

Kombinatning “yuragi” deya e'tirof etiluvchi, texnologik ishlab chiqarish jarayoning kulminasion nuqtasi bo‘lgan Mis eritish zavodida ham ayyom tantanalari keng nishonlandi. To‘kin dasturxon atrofida jamlangan metallurglar uchun konsert dasturlari tuhfa etildi. Bayram munosabati bilan 38 nafar metallurg mehnat faxriysi unvoni bilan taqdirlandi. 1 nafariga esa III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni berildi. 1 nafari ishchi va 15 nafar mahnat faxriysiga esa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Korxona tomonidan 3 nafar ishchiga ham Faxriy Yorliqlar tuhfa etildi. Bizga bu haqda zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanobar Norinboeva xabar bermoqda.

Portlovchi materiallar zavodi

Portlovchi materiallar zavodi Yoshlar ittifoqi raisining Zavqiddin Yormatovning ma'lum qilishicha, ayyom munosabati bilan 1 nafar ishchiga III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni 6 nafariga qimmatbaho sovg‘a va 1 nafariga esa Faxriy Yorliq tuhfa etilgan. Shuningdek, ko‘p yillar davomida mehnat qilgan 6 nafar ishchi-xodim mehnat faxriysi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech