"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Jumladan kuni kecha Issiqlik elektr markazida yurtimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami yuqori saviyada nishonlandi. Ushbu qutlug sana munosabati bilan sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylar, ilg'or ishchilar-xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Bayram doirasida sportning tosh koʻtarish, arqon tortish, tennis, shashka, shaxmat va darts turlari boʻyicha qiziqarli musobaqalar tashkil etildi.
Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlaniishdi.
OKMK Mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi sanalgan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi mehnat jamoasida ham Istiqlol ayyomi katta tantana qilindi.
Zavodning havaskor ijodkorlari hamda “Ziyo shou” guruh a’zolarining ko‘ngilochar chiqishlari olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati mehnat jamoasi ham Mustaqillik bayramini munosib nishonlashdi.
Tadbirda bir guruh faol xodimlar Faxriy Yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
“Metallurg” madaniyat saroyining ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Surxon vohasida joylashgan Xonjiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham Mustaqillik ayyomini munosib kutib olishdi. To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan ishchi-xodimlarni korxona direktori Botir Xo‘jamurotov samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda bir guruh ilg‘or ishchi-xodimlar rag‘batlantirildi.
Axborot xizmati