• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK tarkibiy bo‘linmalarida sport bahslari

04 Mart 2024, 9:13 493

O‘tgan haftada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan tarkibiy bo‘linmalarda sport musobaqalari tashkil etildi.

Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi - shaxmat

Jumladan, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida aql gimnatikasi bo‘lgan shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

STTB sport yo‘riqchisi Shuhrat Tagayevning ma'lum qilishicha, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 3-temiryo‘l sexi vakillari Bobomurod Misliboyev, Ulug‘bek Qosimov, Sarvar Haydarovlar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati - voleybol

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati ishchi-xodimlari esa sportning voleybol turi bo‘yicha bellashdilar.

Xizmat sport yo‘riqchisi B.Qo‘ldoshevning ma'lumotlariga ko‘ra, 4-komanda 2-guruh jamoasi barcha raqiblardan ustun kelgan holda musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

3-komanda 1-guruh jamoasi esa 2-o‘rinni egallagan.

3-komandaning 2-guruh jamoasi faxrli 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Rux zavodi - voleybol

Rux zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Dilshod Yunusovning ma'lum qilishicha, zavod ishchi-xodimlari ham voleybol bo‘yicha musobaqalashgan.

Shiddatli bahslarga boy bo‘lgan musobaqada Elektrolit, Tanlab eritish va Kadmiy sexlari jamoalari g‘oliblar safidan joy olishdi.

Texnik nazorat xizmati – stol tennisi

Texnik nazorati xizmati kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi S.Kamolovning ma'lum qilishicha ishchi-xodimlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha turnir o‘tkazilgan.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan turnirda erkaklar o‘rtasida bahslarda TNX boshlig‘ining Rux zavodi bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Rayev 3-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin esa TNXning Mis eritish zavodi bo‘yicha nazorat ustasi R.Pardabayevga nasib etdi. Xizmatning 2-Mis boyitish fabrikasi bo‘yicha nazoratchisi A.Ibraimov mutlaq g‘olib bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa  xizmatning Kovuldi koni bo‘yicha nazoratchisi M.Anvarovaga 3-o‘rin nasib etdi.

Mis boyitish fabrikasi bo‘yicha xizmat nazoratchisi  D.Varnavskaya 2-o‘rinni egalladi.

MEZ bo‘yicha xizmat nazoratchisi A.Garifulinaga teng keladigani topilmadi.

Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni joriy etish markazi - stritbol

Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni joriy etish markazi xotin-qizlari o‘rtasida esa sportning stritbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Markaz sport yo‘riqchisi Erjan Mo‘minovning xabar berishicha, M.Xoshimova, M.Abdujabborova, X.Baratovalar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Musobaqalarda barcha g‘oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Hokim Boxirov,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya-sport bo‘limi mudiri

Bo`lishmoq:
Text to speech