• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Temiryo‘lchilari e'tirof etildi

05 Avgust 2023, 10:44 1652

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim o‘rin egallaydi. Aynan temiryo‘lchilarning zahmatli va sharafli mehnati evaziga kombinatdagi barcha yuklar o‘z manziliga talofatsiz yetkazib kelinmoqda.

Bu yil Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining tashkil topganligiga 70 yil bo‘lganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Shahrimizdagi “Oq saroy” tantanalar majmuida tashkil etilgan bayram tadbiri avvalida STTB faoliyati bo‘yicha videorolik namoyish etildi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov kombinat yutuqlarida soha xodimlarining munosib hissasi borligini ta'kidladi. Ayniqsa, kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida temiryo‘lchilar muhim ahamiyat kasb etishini bildirib, bayram bilan barchani samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda bir guruh ilg‘or ishchi-xodimlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, Faxriy Yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

“Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Oybek Hamraqulov va Alisher Fayzning diltortar qo‘shiqlari hamda “Majnuntol” guruhining sho‘x-shodon taronalari barchani raqsga chorladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech