• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK temiryo‘lchilari kasb bayramini nishonlashdi

05 Avgust 2022, 16:53 2077

Xabaringiz bor, har yili avgust oyining birinchi yakshanbasi yurtimizda temiryo‘l transporti xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining temiryo‘l transporti sohasi vakillari ham o‘z kasb bayramlarini nishonlash uchun «Metallurg» MSga jamul jam bo‘lishdi.

Soha vakillarini sana munosabati bilan OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov samimiy muborakbod etdi.

Temiryo‘l transporti sohasi vakillarining kombinat ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Sana munosabati OKMK boshqaruvi raisining buyrug‘iga ko‘ra bir guruh soha vakillari turli darajadagi «Konchilik shuhrati» ko‘krak nishoni, qimmatbaho sovg‘alar va Faxriy Yorliqlar bilan rag‘batlantirildi.

Jumladan, 1-temiryo‘l sexining lokomotiv brigadalari mashinist yo‘riqchisi Nurali Atambaev 1-darajali «Konchilik shuhrati» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

4-TYS temiryo‘l ustasi Oleg Melentнev hamda STTB boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Abdiraimovlar ushbu ko‘krak nishonining 2-darajalisi bilan mukofotlanishdi.

Shuningdek, ushbu mukofotning 3-darajalisi bilan markazlashgan signalizasiya va blokirovka, aloqa xizmati Ne'mat Mamatov, ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i Abror Pardayev, 1-TYS elektrovoz mashinisti Hasan Usmonovlar rag‘batlantirildi.

Temiryo‘lchilarga atab kuylangan qo‘shiq soha vakillariga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi.

Qo‘shiq muallifi va ijrochilari Farrux Sherbo‘tayev, Bekmirza Jonibekov va Sevara Mahkamovalarga ham minnatdorlik sifatida esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

«Metallurg» MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech