• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK temiryo‘lchilari yillik mehnat marrasini zabt etishdi

25 Dekabr 2023, 12:33 885

Yil yakunlanib borar ekan, kombinat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqarish prognozlarining muddatidan avval bajarilishi bo‘yicha xabarlar olinmoqda.

Jumladan, kombinat texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi, sanoatning qon tomiri sifatida e'tirof etiladigan Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi mehnat jamoasi ham 2023-yil uchun belgilangan barcha ishlab chiqarish progonozlarini muddatidan oldin bajarishdi.

Bevosita raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, kombinat temiryo‘lchilari joriy yil 25-dekabr holatiga 28,276 mln m kub tog‘ jinslarini  o‘z manziliga yetkazib bergan holda prognozni 102%ga bajarishgan. Prognoz esa 27,731 mln m kub bo‘lgan edi.

Shuningdek, ruda tashish bo‘yicha prognoz 36,781 mln tonna bo‘lib, amalda bu prognoz 38,445 mln tonnani tashkil etgan va prognoz 104,5%ga bajarilgan.

Bundan tashqari, yer ustki qatlami jinslarini tashish bo‘yicha rejadagi 13,500 mln m3 o‘rniga amalda 13,774 mln m3 ni tashkil etib, prognoz bajarilishi 102%ga uddalangan.

STTB tomonidan jami yuk aylanmasi rejadagi 1 152,9 mln tonna/kilometr o‘rniga amalda 1 160,6 mln tonna/kilometrni  tashkil etib, prognoz 100,7%ga bajarildi.

Inert materiallar (qum, sheben) ishlab chiqarish prognozi bo‘yicha 225 952 m3 o‘rniga amalda 264 952 m3 ni tashkil etib, prognoz 117%ga bajarilishiga erishildi.

Mehnat jamoasining mana shunday mehnat marralarini zabt etishida, albatta oqilona boshqaruv siyosati, har bir ishchi-xodimning o‘z kasbiga bo‘lgan professional yondashuvi, texnologik transport vositalari va uskunalaridan samarali foydalanish, ularga o‘z vaqtida sifatli servis xizmatining ko‘rsatilishi kabi omillar yotibdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech