• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK tomonidan 2021-yilda barcha vazifalar bajarildi

06 Yanvar 2022, 16:38 1506

O‘tgan 2021-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari oshig‘i bilan bajarildi.

Jumladan o‘tgan yilda bashorat bo‘yicha 26 097 882 156 ming so‘mlik amaldagi narxlardagi tovar mahsulotlari ishlab chiqarilishi belgilangan edi. Amalda esa 30 696 862 189 ming so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 117,6%ga uddalangan.

Amaldagi narxlarda xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha rejaviy vazifa 189,1%ga bajarilgan. 3 535 235 ming so‘mlik xalq iste'moli mollari(QQSsiz) ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, mis rudasini qazib olish rejasi 100,3%ga bajarilib, 102,4%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha 102,6%lik o‘sish sur'ati kuzatilib, reja 100,6%ga uddalangan.

Mis katodi tayyorlash bo‘yicha vazifa 100,3%ga ado etilgan holda, o‘sish sur'ati 100% bo‘lgan.

O‘zimizning xom ashyodan mis katodi ishlab chiqarishda 100,4%lik natija qayd etilgan.

Rux metali ishlab chiqarishda ham 111,7%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan. O‘zimizning xom ashyomizdan ushbu metallni ishlab chiqarish bo‘yicha rejaviy vazifa 101,6%ga bajarilgan. O‘sish sur'ati esa 100,5% bo‘lgan.

Polimetal ruda qazib olish bo‘yicha ham salmoqli natijalar qayd etilgan. Xususan, bu yo‘nalishda reja 101%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 104,5%ga yetkazilgan.

Polimetall rudasini qayta ishlashda reja 100,7%, o‘sish sur'ati esa 105% bo‘lgan.

Oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi ham oshig‘i bilan uddalangan. Bu yo‘nalishda reja 106,6%, o‘sish sur'ati 101,2% bo‘lgan.

Oltin tarkibli rudani qayta ishlash rejasi 106,1, o‘sish sur'ati 101,7%ga bajarilgan.

Portlandsement ishlab chiqarish bo‘yicha  108,3%lik o‘sish sur'ati kuzatilmoqda.

OKMK Ijro apparati ishlab chiqarish va

sarf-xarajatlar monitoring boshqarmasi

Bo`lishmoq:
Text to speech