"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 3-iyun kuni «Adolat» SDP Respublika, viloyat va Olmaliq shahar kengashlari hamda «Olmaliq KMK» AJ hamkorligida «Bor mehrimiz senga, bolajon!» shiori ostida xayriya donorlik aksiyasi tashkil etildi.
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan ushbu tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad — tibbiy-ijtimoiy ko'makka muhtoj bolalarni qo'llab-quvvatlash hamda jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g'oyalarini keng targ'ib qilishdan iborat bo'ldi. Aksiya doirasida katta hajmda qon zaxirasi to'plandi.
Xayriya tadbirida 200 nafarga yaqin OKMK ishchi-xodimlari, yoshlar, xotin-qizlar hamda harbiy xizmatchilar ko'ngilli sifatida faol ishtirok etishdi. Natijada Olmaliq shahri Toshkent viloyati bo'yicha eng ko'p qon zaxirasi yig'ilgan hududga aylandi.
Tadbirda O'zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Robaxon Mahmudova va partiya faollari ham qatnashdi.
Tashrif davomida mehmonlar OKMK Tibbiy-sanitariya qismi hamda sanatoriy-profilaktoriysida bo'lib, kombinat ishchi-xodimlariga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va ular uchun yaratilgan tibbiy-sog'lomlashtirish sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.
Robaxon Mahmudova aksiya yuqori saviyada tashkil etilgani uchun OKMK rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir davomida bir guruh yoshlar «Adolat» SDP safiga qabul qilinib, ularga a'zolik guvohnomalar topshirildi.
Bu kabi xayriya tadbirlari nafaqat bemor bolajonlarning sog'ayib, hayotga qaytishiga umid bag'ishlaydi, balki jamiyatimizda o'zaro hamjihatlik va bag'rikenglik tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. OKMK ko'ngillilarning ushbu olijanob harakati esa inson hayotini saqlab qolishdek muqaddas ishga qo'shilgan beqiyos hissa bo'ldi.
Axborot xizmati