• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Turkiya xoldingi bilan hamkorlik qiladi

11 Aprel 2023, 17:28 1473

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida joriy yilning 10-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Xususan, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda Uch-quloch konini tiklash va kamida 600 ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yilib, loyihaga 200 mln dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan edi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida Turkiyaning "Esan Eczacibaşi" kompaniyasi bosh direktori Savash Shaxin hamda OKMK rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ham kelgusidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, OKMK hamda “Esan Eczacibaşi” xolding kompaniyasi o‘rtasida “Uch-Quloch polimetall konini kompleks o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama kelishuv shartnomasi imzolandi.

Ma'lumot uchun: Eczacıbaşı Holding 1942-yilda tashkil topgan bo‘lib, bugun kunda Turkiyadagi yetakchi minerallar va metall minerallari ishlab chiqaruvchi sanoat kompaniyasi sanaladi. Shuningdek, ushbu kompaniya Turkiya va Yevropadagi yagona birlamchi magniy ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Xolding tarkibida tabiiy resurslarni qayta ishlash, qurilish va iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, developerlik sohalari bo‘yicha 46ta kompaniya mavjud.

Xolding tarkibidagi “Esan Eczacıbaşı” kompaniyasi esa qattiq va foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida yetakchi kompaniya sanaladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech