• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Ural Federal universiteti bilan hamkorlik qiladi

09 Iyun 2022, 8:30 1247

Sir emas, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xorijning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyib kelmoqda. Hamkorlik aloqalari natijasida mutaxassislar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilyapti.

Kuni kecha Rossiya Federatsiyasining Ural Federal universiteti professor oʻqituvchilari ham kombinatga tashrif buyurishdi.

Dastlab kombinat rahbariyati va Oʻquv markazi mas’ullari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama etildi.

Shundan soʻng, mehmonlar Qalmoqqir, Yoshlik-1 konlaridagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.

Mehmonlarning navbatdagi manzillari Markaziy tahlil laboratoriyasi, Rux zavodi, Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi boʻldi.

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasidagi amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, texnologik jarayon, birlashmada tayyorlanayotgan mahsulotlar, Oʻzbek-Koreys ilmiy texnologik markaz mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ural Federal universiteti professor oʻqituvchilari oltinni affinajlash boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Mazkur oliygoh bilan kadlar tayyorlash va qayta tayyorlash, texnologik ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarga ilmiy yechim izlash sohalarida hamkorlik qilish ko’zda tutilgan.

Shahzod Urolboev,

Oʻquv markazi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech