• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi hamkorligining yangi bosqichlari

23 Sentyabr 2024, 13:36 297

Ma'lumki, joriy yilning 14-15-avgust kunlari Pekin shahrida o‘tkazilgan “OKMK biznes forumi”da bir qator Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan edi.

Jumladan, biznes-forum doirasida OKMK va CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi bilan “Harakatlanuvchi temir yo‘l tarkibini birgalikda ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi dastlabki anglashuv bitimi imzolangandi.

Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 20-sentyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

Kompaniya vakillarini kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir qator obyektlarga sayohat uyushtirildi.

Dastlab, mehmonlar kombinat muzeyida bo‘lishib, kombinatning tarixi, tarkibiy bo‘linmalari haqida to‘liq ma'lumot olishdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlarida hamda Sanoat temir yo‘l boshqarmasiga borishib, texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.

Shuningdk, tashrif davomida OKMK rahbariyati va kompaniya vakillari o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ma'lumot uchun: CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasiga 1899-yilda asos solingan bo‘lib, kompaniya Xitoyning lokomotiv va harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning yillik aylanmasi 1 milliard AQSh dollaridan oshadi va u dizel hamda elektr lokomotivlari, shuningdek, shahar transport vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. O‘z mahsulotlarini 30 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga eksport qilishi kompaniyaning xalqaro bozordagi mustahkam o‘rnini tasdiqlaydi. So‘nggi yillarda kompaniya o‘z mahsulotlarini innovatsiya va modernizatsiya qilish, jumladan, temir yo‘l transporti uchun yuqori samarali lokomotivlar va energiya tejamkor yechimlarni ishlab chiqish masalalariga ham e'tibor qaratdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech