• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va MTTU MISiS hamkorligining yangi bosqichi

30 Iyun 2022, 16:15 1612

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, energiya samaradorligi va unumdorligini oshirish, xarajatlar va mahsulotlar tannarxini pasaytirishga katta e’tibor qaratayotgan, jadal surhatlar bilan rivojlanayotgan korxonalardandir.

Kombinatni malakali kadrlar bilan tahminlash mavsadida 2006-yilda Milliy texnologik universiteti MISiS va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik borasida kelishuvga erishildi. Bugungi kunda konchilik sohasini tadqiq qilishda yirik oliygohlardan sanalgan MTTU MISiS  hamda OKMK va oliygohning Olmaliq filiali oʻrtasidagi uch tomonlama hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib bormoqda.

Moskva shahridan Ekotexnologiyalar va muhandislik instituti direktori Andrey Travyanov, Texnologiyalarni tijoratlashtirish markazi direktori Yevgeniy Rogozinskiy, Oltin va rangli metallar kafedrasi dotsenti Andrey Krapachyov hamda Yer qahrini oʻzlashtirish geotexnologiyasi kafedrasi dotsenti Denis Pastixindan iborat delegatsiya Olmaliqqa amaliy tashrif bilan kelishdi.

28 iyun kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida delegatsiya a’zolari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati vakillari hamda filial xodimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar universitet va OKMK oʻrtasidagi dolzarb masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorligini muhokama qildilar.

Davra suhbati davomida bir qator savollarga ilmiy yechimlar taklif etildi. Xususan,  sulfat kislota ishlab chiqarishning oltingugurtli gazlarini va tozalash inshootlarining gipsli materiallarini nam gazdan tozalashda yuvish kislotasidan qimmatbaho komponentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish, Mis eritish zavodining elektroliz sexining sarflangan elektrolitidan nikel va mis olish.

Rux qazib olishni koʻpaytirish va energiya sarfini kamaytirish maqsadida rux ishlab chiqarishning rux keklarini qayta ishlash texnologiyasini optimallashtirish, rux keklarni qayta ishlashning muqobil texnologiyasini ishlab chiqish.

MBFda shlaklardan temir ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish,  OKMK quvvatlarida  yemirilishga bardoshli poʻlat qotishmalari turini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish.

Munozaralarga Moskvadan bir guruh professor-oʻqituvchilar ham onlayn tarzda qoʻshilishdi.

Tashrif doirasida delegatsiya OKMK “Yoshlik-I” koni va Qalmoqqir konida ham boʻldi. Ish safari yakuniga qadar delegatsiya vakillarining Markaziy tahmirlash mexanika zavodi, 2- va 3- MBFlarga tashrifi ham koʻzda tutilgan.

Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech