• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va RTSIM kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

04 Oktyabr 2023, 12:45 450

OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov hamda bir qator mutaxassislar Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida OKMK vakillari Tatariston Respublikasi Qozon shahridagi Bashir Rameyev nomidagi IT-parkda bo‘lishib, u yerda tashkil etilgan "Kiberpark arena", "Bolalar IT-parki", kovorking markazi, Startap xabi va IT-park faoliyati bilan tanishishdi.

Shuningdek, faoliyatini IT yo‘nalishida davom ettirmoqchi bo‘lganlar, dasturlashni xohlovchilar uchun bepul, tanlov asosida qabuli tashkil etilgan Sberbank tomonidan yaratilgan "Shkola 21"ning ish jarayonini o‘rganishdi.

IT-parkning startap xabida rezidentlar tomonidan ishlab chiqilgan IT yechimlar va ishlanmalar bilan tanishildi. Jumladan, "Digital Twin" tizimlari, BI tahlil tizimi, axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yechimlar, yagona raqamli platforma tashkil etish, tog‘-kon sanoati kompaniyalari uchun IoT yechimlar, MES - ishlab chiqarish tizimini boshqarish, videokonferensiya yechimlarini ishlab chiqqan startaplar taqdimoti bilan tanishildi va hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, OKMK va RTSIM kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech