Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ayni kunlarda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Muzokaralar kun tartibidan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashishlari ko‘zda tutilgan. Ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashrif doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Tojikiston Respublikasining bir qator kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Jumladan, OKMK va “Tamoxush” OAJ, “Tojik nodir metallari” DUK hamda “Leninobod nodir metallar kombinati” OAJlar bilan maqsadlar borasida kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuvga binoan “Tamoxush” OAJ quvvatlarida kombinatning tarkibida qo‘rg‘oshin mavjud bo‘lgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash masalasi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “Tojik nodir metallari” DUK hamda “Leninobod nodir metallar kombinati” OAJ quvvatlarida OKMK ehtiyojlari uchun ferroqotishmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
OKMK Axborot xizmati