"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilib keladi.
Jumladan, Toshkent shahridagi Adju universiteti bilan ham bir necha yillardan buyon bir necha yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Kuni kecha hamkorlik aloqalari doirasida OKMK mas'ullari va mutaxassislari oliygoh rektori, professor G‘ayrat Muratov bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda universitet va korxona o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama etildi.
Jumladan, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida talabalar amaliyotini tashkil etish, kombinatning arxitektura, qurilish soahasi mutaxassislarini malakasini oshirish kurslarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ulug‘bek Igamberdiyev,
O‘quv markazi yetakchi muhandisi