• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va Turkiya kompaniyasi hamkorligida qo‘shma korxona tashkil etiladi

28 Avgust 2024, 8:50 1599

Joriy yilning 27-avgust kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va Turkiyaning “Esan Eczacıbaşı” kompaniyasi bosh direktori Emre Kayishoglu o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida “Uchquloch” polimetall konini kompleks o‘zlashtirish loyihasi doirasida tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston Mining” MChJ qo‘shma korxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yangi tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston Mining” MChJ qo‘shma korxonasi ta'sis hujjatlari imzolandi.

Ma'lumot uchun: “Esan Eczacibaşi” kompaniyasi 1978-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Turkiya Respublikasining yetakchi minerallar ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi kompaniyasi hisoblanadi.

Hozirgi kunda kompaniya 40 ta konda minerallar qazib olish bilan shug‘ullanadi. Korxona 8 ta boyitish fabrikalariga ega, 150 turdagi mahsulotlarini 40 dan ortiq davlatlarga eksportni yo‘lga qo‘ygan.

Kompaniya tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanidagi “Uchquloch” konida umumiy qiymati 100 mln. dollarlik qo‘rg‘oshin va rux xomashyo zaxiralarini sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlash hamda samarali texnologiyalar orqali foydali komponentlarni ajratib olgan holda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech