• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va Weir Group plc kompaniyasi o‘rtasida 14,2 mln yevrolik shartnoma imzolandi

29 Noyabr 2022, 17:16 1456

Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mana bir necha yillardan buyon jahonning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Ana shunday o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalaridan biri bugun Buyuk Britaniyaning Weir Group plc kompaniyasi bilan o‘rnatildi.

OKMK va mazkur kompaniya o‘rtasida Mis boyitish fabrikasiga texnologik uskunalar yetkazib berish bo‘yicha 14,2 mln yevrolik shartnoma imzolandi.

Ma'lumot uchun Weir kompaniyasi 1871 yilda aka-uka Jeyms va Jorj Veyrlar tomonidan Glazgoda tashkil etilgan. 150 yildan ortiq vaqt davomida Weir yuqori sifatli konchilik texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi maxsus kompaniyaga aylanib, butun dunyo bo‘ylab mijozlarga foydali qazilmalarni qazib olishda, samaraliroq va barqaror, muhim yechimlarni taqdim etib kelayapti.

Buyuk Britaniyaning ushbu kompaniyasi 1871 yildan buyon tog‘ konchilik sanoatiga nasoslar, maydalagichlar, gidrosiklonlar, elastomerlar kabi uskunalar ishlab chiqaradi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech