• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va Xitoy ishlab chiqarish korxonalari hamkorligining yangi ufqlari

16 Avgust 2024, 15:17 1163

Joriy yilning 14-15 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida OKMK va Xitoyning ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida biznes-forum tashkil etildi.

Biznes-forumda OKMKning “Metallurgiya va turdosh tarmoqlar: o‘zaro bog‘liqlik, imkoniyatlar, o‘sish nuqtalari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli tadbirda Xitoy savdo-sanoat palatasi(CCCME), Xalqaro savdoga ko‘maklashish bo‘yicha Xitoy kengashi(CCPIT), Xitoy Rangli Metallar Assotsiatsiyasi, Huigong, Shangdon Gold, Tianjin Sino-Investment Development Group, Fortune, Jiangsu Pengfei Group, NFC, BGRIMM kabi hamkor kompaniyalar hamda CCCME elektron platformasiga qiziqish bildirgan 300 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etishdi.

Forum doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarida “Misni chuqur qayta ishlash”, “Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Nodir va qiyin eriydigan metallar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish”, “O‘zbekiston korxonalari uchun polimer va rezinatexnika buyumlarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha Xitoy kompaniyalariga batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xitoy kompaniyalarining vakillari va rahbarlari OKMKda juda katta imkoniyatlar mavjudligini, kombinat bilan hamkorlik qilish ikki tomonlama manfaatli ekanligini ta'kidlashdi.

Shuningdek, forum doirasida o‘tkazilgan B2B formatidagi muzokaralarda ko‘plab kompaniyalar OKMK bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirishdi.

Forumda bir qator o‘zaro manfaatli hamkorlik bitimlari, memorandumlar, shartnomalar imzolandi. Jumladan, Xitoy savdo-sanoat palatasi, Xalqaro savdoga ko‘maklashish bo‘yicha Xitoy kengashi, Xitoy rangli metallar assotsiatsiyasi hamda Hebei, Shandong Gold Group Co., Ltd, Xiamen Tungsten Co., Ltd., Tianjin Sino-Investment Development Group, CRRC Dalian Co., Ltd., Wolong Electric Group Co., Ltd. kabi kompaniyalar bilan bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik hujjatlari imzolandi.

Biznes-forum taassurotlari bo‘yicha Xitoy savdo-sanoat palatasi raisi janob Guo Kuilong o‘z-fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- Biznes-forumda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon etdi. Tadbirda tashkilotimiz tomonidan taklif etilgan 60 ga yaqin kompaniyalarning vakillari ham OKMK bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirishdi.

Joriy yilning 1-yarim yilligida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 62,5 milliard AQSh dollariga yetgani ham yildan yilga har ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanib borayotganini anglatadi. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikdagi kooperatsiya loyihalari tufayli Xitoyning metallurgiya uskunalari va tog‘-kon qurilish texnikasi eksporti borasida o‘sishda davom etdi. O‘ylaymanki, biznes-forum har ikki tomon uchun juda manfaatli bo‘ldi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech