• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi

24 Mart 2022, 14:55 1538

Xabaringiz bor, bugun poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.

26-martga qadar davom etadigan forumda dunyoning yetakchi kompaniyalari vakillari, investorlar, nufuzli tashkilotlar, vazirliklar, mahalliy korxonalar vakillari ishtirok etmoqda.

Bugun mazkur forum doirasida Xitoy davlatining BGRIMM kompaniyasi vakillari hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati o‘rtasida videokonferens aloqa orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Uchrashuv davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va BGRIMM  kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki BGRIMM muhandislik-texnik xizmatlar ko‘rsatish sohasida dunyoning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech