Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan MINEX Euroasia konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
MINEX Euroasia konferensiyasi 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniyaning Yevrosiyoda (Evropa, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston) tog‘-kon sanoati tendensiyalari va investitsiya imkoniyatlarga bag‘ishlangan asosiy tadbiridir.
Konferensiyada xalqaro tog‘-kon va metallurgiya kompaniyalari, investorlar, moliyachilar, hukumat nazoratchilari qatnashishadi.
O‘ninchi bor tashkil etilayotgan konferensiyada mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati vakillari ham ishtirok etayapti.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda spiker sifatida ishtirok etayotgan OKMK boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov qatnashchilarga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari va yirik loyihalar bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdi.
Axborot xizmati