• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK xalqaro nufuzli musobaqaga homiy

10 May 2023, 14:11 2185

Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarishda faol balki sport sohasini rivjolantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, bugun start olgan Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) taqvim rejasiga kiritilgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi velosportning shosse turi bo‘yicha “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” ko‘p kunlik xalqaro musobaqasi bosh homiysi ham OKMK sanaladi.

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu nufuzil musobaqada mezbon mamlakatimiz milliy terma jamoasi bilan birga Gretsiya, Ozarbayjon, Filippin, Qozog‘iston, Eron, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Quvayt davlatlarining saralangan 120 nafar velosportchilari ishtirok etishmoqda.

Bizning sportchilarimiz uchun ushbu ko‘p kunlik xalqaro velopoyga 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga ishtirok etish uchun Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) tomonidan muhim reyting ochkolarni qo‘lga kiritishga imkon berishi bilan ahamiyatli.

Quvonchli xabarlar ko‘p kuttirmadi. 10 km masofada xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan poygada O‘zbekiston milliy terma jamoa a'zosi Ol'ga Zabelinskaya 1-o‘rinni, Yana Kuskova 2-o‘rinni, Misyurina Margarita 5-o‘rinni egalashdi. Natijada sportchilarimiz qimmatli 85 reyting ochkolarni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, OKMK O‘zbekiston velosport federatsiyasining hamda TASHKENT CITY PROFESSIONAL CYCLING TEAM velosport erkaklar va TASHKENT CITY PROFESSIONAL CYCLING WOMEN TEAM ayollar velosport jamoalarining ham bosh homiysi hisoblanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech