• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Navro'z ezgulikka chorlaydi

17 Mart 2023, 10:40 977

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida ezgu amallarni bajarish an'anaga aylangan.

Bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ham ushbu ezgu an'ana bardavomlik kasb etdi.

Jumladan, 2 nafar Ikkinchi jahon urushi va 19 nafar mehnat fronti faxriylariga, 58 nafar baynalmilal jangchilarga, 4 nafar Chernobil AES falokatini bartaraf etishda ishtirok etganlarga oziq-ovqat mahsulotlarini jamlagan bayram sovg‘alari tuhfa etildi.

Shuningdek, 154 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlar va 31 nafar boquvchisini yo‘qotgan yurtdoshlarimiz bayram sovg‘alaridan bahramand bo‘lishdi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan maxsus muassasalarda ham bayram tadbirlari tashillashtirilmoqda.

Xususan, Olmaliq shahridagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida(Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi), Angren shahar 34-sonli maxsus internat maktabida(Angren kon boshqarmasi), Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Saxovat" uyida(Xondiza kon boshqarmasi), Olmaliq shahar 6-sonli yordamchi ixtisoslashtirilgan maktabida(Kovuldi koni) Ohangaron tumanidagi “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida(Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi) hamda Piskent tumani 79-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati kabi (Olmaliqmetallurgqurilish tresti) muassasalarda ham bayram dasturxoni yozilib, tadbirlar o‘tkazildi.

Kombinat yoshlari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta'minlangan boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joylarida tashkil etiladigan xayriya hasharlarini ham alohida ta'kidlash joiz.

Navro‘z bayrami munosabati bilan hamda ichki turizm rivojiga hissa qo‘shish maqsadida 141 nafar kombinat ishchi-xodimlari uchun imtiyozli narxlarda Farg‘ona va Buxoro viloyatlariga sayyohat tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

OKMK va O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashi Olmaliq shahar hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda shahrimizdagi «Marhamat» tantanalar saroyida kombinat mehnat faxriylari uchun tashkil etilgan Navro‘z bayrami tadbiri ham nuroniy otaxon va onaxonlarga manzur bo‘ldi.

Gulida Abdullayeva,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining

ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech