• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari malaka oshirishda

05 Oktyabr 2022, 12:35 1620

Ayni kunlarda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta'lim muassasasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.

3-7 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘quv kurslarida Tinglovchilarga “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me'yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlari davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mutaxassislari hamda ham professorlar tomonidan tayyorlagan ma'ruzalarni tinglashadi.

O‘quv mashg‘ulotlari dasturidan Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkillashtrishda kasaba uyushmalarining roli, Jamoa shartnomalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘limini shakllantirish, Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik asoslari. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari kabi mavzular o‘rin olgan.

Bundan tashqari, tinglovchilarga Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan Konvensiyalari va ularni kasaba uyushmalar tomonidan qo‘llanilishi, korxonalarda mehnat nizolari bo‘yicha Komissiyalar faoliyatini tashkil etish va olib borishning huquqiy asoslari, Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish, baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash pullarini to‘lash qoidalari, Kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va  me'yoriy hujjatlar asosida tashkil etish to‘g‘risida, Ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda yo‘llanmalarni berish tartibi, Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari kabi mavzular bo‘yicha ma'ruzalarni tinglashadi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha yakuniy test sinovlari ham o‘tkazilib, tinglovchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta'lim muassasasi tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Umida Djalilova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashkiliy masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech