• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK xodimlari kasaba uyushmasining faollari malaka oshirishdi

15 Sentyabr 2023, 15:20 664

“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta'lim muassasasi Respublikamizda faoliyat yuritayotgan turli sohalardagi tarmoq kasaba uyushmalari kadrlari va faollarining malakasini oshirish bo‘yicha bevosita o‘quv kurslarini tashkil etib keladi. 

Joriy yilning 4-8 sentyabr kunlari yurtimizda yagona kadrlarni malaka oshirish maskanida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 16 nafar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari rahbarlari uchun “Kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me'yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” mavzusida o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Qisqa muddatga mo‘ljallangan haftalik o‘quv kurslarning asosiy maqsadi mehnatkashlarni mehnat sohasidagi qonuniy haq-huquqlarini himoya qilishda boshlang‘ich kasaba uyushma raislarining salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ldi. Bugungi kunda korxona va tashkilotlar faoliyatida yuz berayotgan yangilik va o‘zgarishlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda kasaba uyushma qo‘mitalarining ishi bilan yaqinroq tanishish, ular bilan tajriba almashish uchun amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. O‘quv markazi va O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari respublika Kengashi bilan o‘zaro hamkorlik bois amaliy mashg‘ulot “Agro tech claster” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda OKMK kasaba uyushmasi faollari korxona va kasaba uyushma faoliyati bilan yaqindan tanishdi, ish tajribasi bilan almashishdi.

Shuningdek, o‘quv dasturi doirasida, kasaba uyushma qo‘mitalari raislarining O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tarixi va faoliyatini o‘rganish istagidagi takliflarni inobatga olib, o‘quv kursi tinglovchilari uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tarixiy muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, boshlang‘ich, xususan sex tashkilotlari kasaba uyushmalarining negizi ekanligini e'tirof etgan holda, “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasining tashabbusi bilan 2024-yildan boshlab sex kasaba uyushma tashkilotlari yetakchilarini, qolaversa, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillarni va boshqa kasaba uyushma faollarini ham o‘qitish hamda malakasini oshirish yuzasidan bildirilgan taklif ta'lim muassasasi ma'muriyati tomonidan ijobiy qo‘llab-quvvatlandi.

O‘z navbatda, mazkur yo‘nalishdagi o‘quv dasturi loyihasi yaqin kunlarda “Olmaliq KMK” AJ miqyosida kombinatning “Qalmoqqir” kon boshqarmasi kasaba uyushma xodimlari va faollari uchun tashkil etilishi bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

U.Djalilova

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi

apparatining tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech