"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 15-avgust kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasining VIII hisobot-saylov Konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyada belgilangan meʼyorga muvofiq, boshlangʻich tashkilotlardan saylangan 112 nafar delegatlardan 87 nafar shuningdek, OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Saʻdi Shermatov, kasaba uyushma faollari va faxriylar, kombinat masʻullari ishtirok etishdi.
Tadbirni Abdurashid Xaydarov ochib berganidan so’ng, konferensiya ishchi rayosati saylanib, kotibiyat, tahrir va sanoq komissiyalari tarkibi tasdiqlab olindi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan “Kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining 2020-yil sentyabr oyidan 2025-yil avgust oyiga qadar bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati va kelgusidagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida” Abdurashid Xaydarovning hisoboti tinglandi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi Nazorat-taftish komissiyasining 2020-2024 yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti Kun tartibining ikkinchi masalasi sifatida belgilanib, bu boʻyicha soʻz Anya Chensovaga berildi.
Konferensiyada kasaba uyushma faoliyati boʻyicha ishchi-xodimlar muhokamada ishtirok etishdi. Muhokamada ishtirok etan delegatlar taftish komissiyasi hisobotini tasdiklanishini ham taklif etishdi
Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi Kengashining hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi. Shundan soʻng, kasaba uyushmasining yangi tahrirdagi Ustavini qabul qilish boʻyicha masala ko‘rib chiqildi. Ta’kidlash kerakki, maxsus ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi hamda turli normativ-huquqiy hujjatlardan kelib chiqqan holda Ustav loyihasi tayyorlanib barcha boshlang‘ich tashkilotlarga va kasaba uyushma faollariga yetkazilgan. Ulardan kelib tushgan takliflar asosida esa loyiha qayta ishlandi.
Hisobot saylovlarni oʻtkazish nizomiga koʻra konferensiya davomida tashkiliy masalalar ham kun tartibidan joy oldi. Ahamiyatlisi bu yilgi hisobot-saylovlarini shaffoflik va adolat tamoyillariga muvofiq o‘tishini taʼminlash maqsadida, Federatsiya tarixida ilk marotaba, yangicha yondoshuvlar asosida barcha darajadagi kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari hamda ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan rais va rais o‘rinbosarlari saylovi muqobillik asosida o’tkazildi. Delegatlar vakillari nomidan OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisligiga Farog’at Matkarimova, Mashrab Xoliqov va Abdurashid Xaydarovlarning nomzodlari taklif etildi. Yashirin ovoz berish jarayonlari yakuniga ko’ra, 63 ta ovoz ya’ni 81 %lik natija bilan Abdurashid Xaydarov qaytadan kengash raisligiga saylandi. Rais oʻrinbosari lavozimiga ham muqobillik asosida 3 nafar nomzod koʻrsatildi va 52 ta ovoz olgan (67%) Omonqul Beknazarovga ishonch bildirildi.
Ustavga muvofiq Kengash raisi va o‘rinbosari lavozimiga ko‘ra, kasaba uyushmasi Kengashi va Kengash Rayosatining aʼzosi hisoblanadi.
Konferensiya dasturiga koʻra ochiq ovoz berish yoʻli bilan kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi va Rayosati hamda Nazorat-taftish komissiyasining tarkibi ham tasdiqlandi. Soʻng belgilangan vakillik meʼyoriga muvofiq O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga 15 nafar delegatlar hamda Federatsiya Bosh kengashi tarkibiga 2 nafar vakil saylab olindi.
Tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari - mehnat inspektsiyasi boshligʻi Qobiljon Qirgʻizaliyev soʻnggi yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida soʻzladi.
Konferensiyada soʻz olgan Sa’di Shermatov Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hayotida kasaba uyushmalari oʻrni muhimligini, soha vakillarining oʼz ishiga vijdonan yondashishi va olib borilayotgan tub islohotlar natijasida ishchi-xodimlarning ijtimoiy manfaatlari himoyasi huquqiy jihatdan kafolatlanganligini taʻkidladi. Jamoa shartnomasiga muvofiq kombinatning barcha ishchi-xodimlari manfaatlarini himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilash, munosib mehnat muhitini yaratish doimiy ravishda diqqat markazda ekanligini bildirdi. Kombinat ishchilari respublikamiz sanoat tarmoqlari oʻrtasida eng yuqori ijtimoiy "paket"lardan biri bilan taʼminlanganligini, ularning dam olish va hordiq chiqarishlari, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari, oila aʼzolari uchun madaniy hordiq olishlari, yoshlarning maʼnaviy-ijodiy salohiyatini yuksaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilganini qayd etib oʻtdi. Bunda kombinat kasaba uyushmalari Kengashi xodimlarining beqiyos xizmatlari mujassamligini e’tirof etdi.
Mazkur konferensiya yakunida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi organlari tarkibiga saylagan faollar, qolaversa, kasaba uyushmalari aʼzolariga Yangi O‘zbekistonning yanada gullab yashnashi uchun bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etib, korxona ishchi-xodimlarining huquq va manfaatlari himoyasi yoʻlida dadil tura olishliklariga katta ishonch bildirildi.
Axborot xizmati