Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJ ISO 50001:2018 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlash auditidan muvaffaqiyatli o‘tgan holda energiya resurslarini samarali boshqarishga o‘zining sobitqadamligini amalda namoyon qildi.
2024-yil oxirida Germaniyaning TÜV Thüringen e.V. sertifikatlashtirish tashkiloti o‘tkazgan audit korxonaning energetika menejmenti tizimining yuqori darajasini va energiyasamaradorligini oshirishga intilishini tasdiqladi.
Kuni kecha korxonaning ISO 50001:2018 talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Marosimda Sert Management sertifikatlashtirish organining (TÜV Thüringen kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi) katta auditori Vladimir Beresnev ishtirok etib, ushbu yutuq kompaniya uchun muhim ahamiyat kasb etishini, energiyani tejashning samarali amaliyotlarini joriy etish dolzarbligini ta'kidladi.
ISO 50001:2018 - energiya iste'molini tizimli boshqarish, xarajatlarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga qaratilgan xalqaro standart hisoblanadi. Uning joriy etilishi korxonalarga energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yordam beradi.
Ushbu standart bo‘yicha sertifikatlash energiya menejmenti sohasidagi ilg‘or yechimlarni faol joriy etayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. Bu nafaqat energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi, balki korxonaning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshiradi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati energiya menejmenti jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali barqaror rivojlanish strategiyasiga amal qilishda davom etmoqda. ISO 50001:2018 sertifikati kelajak avlodlar oldidagi samaradorlik va mas'uliyatni oshirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: