• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK yanvar-fevral ishlab chiqarish natijalari ham salmoqli

04 Mart 2022, 10:34 1147

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2022-yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra,  yuqori ishlab chiqarish samaradorligi qayd etildi.

Jumladan, amaldagi narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha rejaviy vazifalar 115,2%ga bajarildi.

Qalmoqqir kon boshqarmasi tomonidan ruda qazib olish rejasi 102,7%, o‘sish sur'ati 102,9% bo‘lgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash rejasi bo‘yicha 100%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Konsentratda metall bo‘yicha mis rejasi bo‘yicha ham o‘sish sur'atida 94,8%lik natija qayd etilgan.

Mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha reja va o‘sish sur'atida ham 100%lik natijaga erishilgan.

O‘z xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarishda 87,4%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Rux metalli ishlab chiqarish bo‘yicha 84,6%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan. O‘z xom ashyomizdan ushbu metallni ishlab chiqarishda reja 100,4%, o‘sish sur'ati esa 119,8% bo‘lgan.

Sulfat kislotasi ishlab chiqarishda reja 100,5%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 116,6% bo‘lishi ta'minlangan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasida ham belgilangan vazifalar bajarib kelinmoqda.

Xususan, polimetall rudalar qazib olishda reja va o‘sish sur'atida 100%lik natija qayd etilgan.

Polimetall rudalarni qayta ishlash bo‘yicha reja 102,2%ga uddalangan. O‘sish sur'ati esa 101,5% bo‘lgan.

Rux konsentratida rux rejasi esa 106,6%ga bajarilib, 86%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasi o‘zlariga yuklatilgan vazifani yorug‘ yuz bilan ado etishmoqda.

Oltin tarkibli ruda qazib olish rejasi 104,6%ga, uni qayta ishlash rejasi 104%ga bajarilgan.  Konsentratda birinchi metall rejasi 100,4%ga, ikkinchi metall rejasi esa 121,2%ga uddalangan.

Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasida ham yuqori marralar zabt etilayapti.

Ular tomonidan oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi 102,8%ga, rudalarni qayta ishlash vazifasi 103%ga, konsentratda birinchi metall rejasi 101,9%ga, ikkinchi metall rejasi esa 120,4%ga bajarilgan.

Kovuldi koni ham yuqori mehnat samaradorligiga erishilganini kuzatishimiz mumkin.

Kovuldi konchilari tomonidan oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi 100,3%ga, rudalarni qayta ishlash vazifasi 100,2%ga, konsentratda birinchi metall rejasi 103,5%ga, ikkinchi metall rejasi esa 102,5%ga uddalangan.

Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen, texnik tellur ishlab chiqarish bo‘yicha vazifalar 100%ga bajarilgan. Perranat ammoniy ishlab chiqarish rejasi esa 158,1%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 117,1% bo‘lgan.

Portlandsement tayyorlash rejasi bo‘yicha 105,6%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Mis quvurlari ishlab chiqarish vazafasi 115,9%ga uddalangan. Molibden 3 oksidi ishlab chiqarishda esa 107,7%lik natija qayd etilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech