• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Raqib Navbahor jamoasi

04 Sentyabr 2023, 15:43 426

O’zbekiston kubogi, chorak final doirasida OKMK o’z maydonida Urganchning «Xorazm» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv qiziqarli ruhda o’tdi. Siavash Xaqnazariy, Mirjahon Mirahmadov va Ruben Sanches kabi futbolchilarimizning kiritgan gollari jamoamizga g’alaba keltirdi. Shuningdek, raqib futbolchisi Neville Tengeg darvozamizni ikki bor ishg’ol etib uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi sifatida e’tirof etildi. Jamoamiz qatorasiga 6-yil O’zbekiston kubogi yarim finaliga chiqdi. Endilikda yarim finalda OKMK o’z maydonida Namanganing «Navbahor» jamoasi bilan kuch sinashadi.

O’zbekiston kubogi, chorak final.

3-sentyabr, yakshanba

OKMK — «Xorazm» 4:2

Gollar: Xaqnazariy (13), (33), Mirahmadov (39), Sanches (88) — Tengeg (85), (90+1)

Olmaliq. «OKMK sport majmuasi» stadioni.

Hakamlar: Olim To’ychiboyev, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Timur Abdullayev

Komissar: Bekzod Aripov

OKMK (4-3-3) 1.Botirali Ergashev — 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 20.Islom To’xtaxo’jayev, 5.Anzur Ismoilov, 22.Shohruh Gadoyev — 8.Abdulla Abdullayev (Oybek Rustamov, 45), 88.Siavash Xaqnazariy (Ruben Sanches, 69), 4.Mirjamol Qosimov — 17.Sanjar Tursunov (C) (Muhammadanas Hasanov, 45), 14, Mirjahon Mirahmadov (Martin Boakye, 69), 10.Xurshid G'iyosov (Akramjon Komilov, 75)

Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov (90+3) — Qadamboy Nurmetov (87)

Uchrashuvdan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o’yinga bo’lgan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

O’zbekiston kubogida eng yuqori maqsadni ko’zlaganmiz. Qur’ada bizga qulay Pro liga jamoasi tushgan edi. Shu bois ham chorak finalda g’olib chiqishimiz shart edi. Lekin omad boshqa narsa, amalda isbotlash boshqa narsa. Yetakchi futbolchilarni ba’zilariga dam berishga qaror qildik. Shunga qaramay birinchi bo’limda yaxshi o’yin namoyish etib yirik hisobda g’alaba qozondik. Ikkinchi bo’limda imkon darajasidagi barcha beshta o’zgarishlarni amalga oshirib rotatsiyaga qo’l urdik. Bir tomondan yigitlar o’yinda biroz bo’shashishdi. Shuning uchun ham darvozamizdan 2 bor gol o’tkazib yubordik. Muhimi g’alaba edi va bunga erishdik. Yarim finalga yo’l olganimiz bilan shogirdlarimga ham rahmat aytaman va jamoa muhlislarini tabriklayman. Nasib qilsa keyingi bosqichlarda ham yaxshi o’yinlarni namoyish etib bosh sovrinni o’zimizniki qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

OKMK O’zbekiston kubogi yarim finalida «Navbahor» jamoasi bilan bahs olib boradi.

Uchrashuv Olmaliqda bo’lib o’tadi.

OKMK FC matbuot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech