Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, hozirda daraxt ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha terak qalamchalari ekish qizg‘in pallaga kirgan.
Jumladan, Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi Avtomobil transport boshqarmasiga 19400 dona tol va terak ko‘chatlarini yetkazib berdi. Qalamchalar ekish uchun yer maydonlari tayyorlanib, tayyor bo‘lgan yerlarga qalamchalar ekildi va sug‘orish ishlari olib borilmoqda. Hozirgacha 7000 dona tol qalamchalari ekildi.
Shuningdek, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ayni kunlarda 40 sotix bo‘sh yer maydoni tayyorlanib, ushbu yer maydoniga 120 000 tup terak qalamchalari ekish rejalashtirilgan.
Mis eritish zavodi mehnat jamoasi ham loyihada faol ishtirok etishmoqda. Metallurglar shu kunga qadar 5000 tup terak qalamchalari va 3950 tup tol va terak ko‘chatlarini ekishdi.
Bugungi kunda 2,5 gektr yer maydoni ko‘chat ekish ishlari uchun tayyorlanayapti. Ushbu yer maydoniga esa jami bo‘lib 22700 tup tol, terak va tut kabi daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.
Kovuldi koni ishchi-xodimlari ham loyiha doirasida salmoqli ishlarni amalga oshirishmoqda. Xususan, konchilar tomonidan 3400 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yerga qadaldi. 2024-yil uchun esa 7000 tup terak qalamchalari ham ekildi.
Loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-martdagi 42-sonli yig‘ilish bayonida loyiha doirasida terak, tut, tol, bodom, yong‘oq, qayrag‘och, pavloniya kabi daraxt ko‘chatlari ekish tavsiya etilgan.
Axborot xizmati