Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 11-14-mart kunlari Moskva shahrida Moskva Xalqaro boyituvchilar Kongressi(MXBK-2025) bo‘lib o‘tdi.
E'tiborlisi, ushbu nufuzli tadbirda OKMK Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish markazining mis-molibden ma'danlarini boyitish guruhi rahbari Elmira Saparova ham ishtirok etdi.
Mazkur kongress foydali qazilmalarni boyitish sohasidagi ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarga bag‘ishlangan eng yirik xalqaro tadbir hisoblanadi. Milliy tadqiqot texnologiya universiteti MISiS tomonidan tashkil etilgan va yetakchi tarmoq tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kongress butun dunyodan olimlar, muhandislar va tog‘-kon kompaniyalari vakillarini birlashtirib, tajriba almashish, dolzarb muammolarni muhokama qilish va eng so‘nggi ishlanmalarni taqdim etish uchun platforma vazifasini o‘tdi.
Elmira Saparova MTTU MISiS o‘qituvchilari bilan birgalikda kongressda mis-molibden ma'danlarini boyitish samaradorligini oshirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ikkita ishini taqdim etdi. Ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
Kongress dunyoning yetakchi ekspertlari bilan tajriba almashish, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va ishlab chiqarishga eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Tadbir davomida vakilimiz texnik sessiyalarda ishtirok etib, ko‘rgazma ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirdi. Bu esa unga boyitish texnologiyalari sohasidagi yangi ishlanmalar haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
OKMK yosh mutaxassislarning MXBK-2025da ishtirok etishi mis-molibden ma'danlarini boyitish sohasida yangi yutuqlar va innovatsiyalarga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etib, kelajakdagi yutuqlar uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: